
"Everton" murabbiyligiga nomzodlar ma’lum
Kecha Angliyaning "Everton" jamoasi bosh murabbiyini iste’foga chiqarganidan xabaringiz bor. Hozirda Rafael Benites o‘rniga klub bir nechta nomzodlar ro‘yxatini shakllantirdi.
"Sky Sports News" nashrining xabar berishicha, liverpulliklar short-listidan Roberto Martines, Ueyn Runi, Frenk Lempard, Rudi Garsiya va Grem Potter o‘rin egallagan.
Shuningdek, jamoada Dankan Fergyuson bilan mavsum oxiriga qadar shartnoma imzolash varianti ham mavjud.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda "Everton" 19 ochko bilan APL turnir jadvalining 16-pog‘onasini band etib turibdi.
Fikrlar