
"Everton" "Siti" bilan o‘yin masalasi bo‘yicha ma’lumotlar ochiqlanishini talab qilmoqda
Angliya chempionati 16-turi "Everton" "Manchester Siti" bahsi "shaharliklar" tomonida koronavirus aniqlangani sabab qoldirildi. Liverpul klubi o‘zining rasmiy bayonotida mutasaddilar o‘yin bekor qilingani bo‘yicha to‘liqroq ma’lumot taqdim etishini talab qilmoqda.
"Klub stadionga tashrif buyurgan 2000 ta muxlis va butun dunyodagi futbol ishqibozlari uchun ham "Manchester Siti" bilan o‘yin qoldirilganidan afsusda. "Everton" to‘liq tarkibda uchrashuvni o‘tkazishga tayyor edi.
Jamoa xavfsizligi klubimiz uchun muhim, biroq vaziyatni to‘laqonli tushunib olishimiz uchun "Manchester Siti" taqdim qilgan barcha ma’lumotlar ochiqlanishini talab qilamiz", - deyilgan klub bayonotida.
Fikrlar