"Everton" xo‘jayini jamoasida Diego Simeoneni ko‘rmoqchi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning “Everton” klubi xo‘jayini Farxad Moshiri jamoasida qaysi mutaxassisni ko‘rmoqchiligi ma’lum bo‘ldi.

Sky Sports nashrining ma’lum qilishicha bu boradagi asosiy nomzod “Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeonedir. Moshiri argentinalik mutaxassis bilan uzoq yillik hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi.

Biroq, ayni damda Simeonedan tashqari Angliya terma jamoasi sobiq ustozi Sem Ellardays hamda  «Uotforda» bosh murabbiyi Marku Silvalarning nomzodlari ham bor.

Eslatib o‘tamiz, "Everton" rahbariyati ketma-ket omadsizliklardan so‘ng o‘tgan hafta Ronald Kumanni iste’foga chiqargan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!