Everton"dagi 13 mavsumdan so‘ng Angliyaning eng yaxshi qanot himoyachilaridan biri futbolchilik faoliyatini yakunladi
"Everton" qanot himoyachisi Leyton Beyns futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qildi.
35 yoshli futbolchi karerasini 2002 yilda "Uigan"da boshlagan va 2007 yilda "Everton"ga ko‘chib o‘tib, mersisaydliklar libosida 13 mavsum to‘p surdi.
Ortda qolgan yillar mobaynida Beyns klub miqyosida 583 ta, Angliya terma jamoasida 30 ta uchrashuv o‘tkazdi.

Fikrlar