
Evgeniy Popixin: "Humo-Arena" muxlislar bilan to‘lib-toshishini istaymiz.
"Barchani muhim va dastlabki g‘alaba bilan tabriklayman. Toshkentdagi ilk o‘yinimizni ko‘plab muxlislar tomosha qildi. Aslida biz yanada ko‘prog‘ini kutgan edik. Men arena to‘lishini istayman. Shunda yigitlar yanada katta ishtiyoq bilan o‘ynashadi. Raqibni o‘rganib chiqqan edik. Hayajon va o‘yin amaliyoti etishmaganligi bois birinchi davrda o‘yinimiz u qadar qovushmadi.
Ikkinchi davrda o‘yinni his etdik va shayba kiritishga erishdik. Birinchi davrdagi ajoyib harakatlari uchun darvozabonimizga alohida minnatdorichilik bildiraman. U ko‘plab vaziyatlarda jonimizga oro kirgizdi. Minus jihat? Bugun juda ham ko‘p chetlatishlarga uchradik. Bu borada ishlashimiz kerak.
Jarohatlar normal holat. Murabbiylar uchrashuvni qaytadan ko‘rib chiqishadi. Ertaga tongdan mashg‘ulotlar boshlanadi. Tushda muzga chiqamiz. Kechqurun esa o‘yin uslubini tuzib chiqamiz. Uning ertasiga ham tongdan mashg‘ulotlar, kechasi o‘yin. Mana shunday sharoitda ishlaymiz. Tarkibimizda yana xokkeychilar bor va rotatsiya ishlarini ham amalga oshiramiz. O‘yinlar grafigi tig‘iz. Oktyabrda 12 ta bahsda muzga chiqishimiz kerak. Bu deyarli har ikki kunda o‘yin o‘tkazish kerak deganidir", - dedi Popixin.
Fikrlar