Evgeniy Popixin: Yomon boshlamagan edik

  • 16 mart, 2020, 11:37
  • 0
  • Xokkey
BEPUL PROPAN

Toshkentning "Humo" jamoasi Rossiya Federatsiyasining Voskresensk shahrida Moskvaning "Zvezda" jamoasiga qarshi uchinchi uchrashuvini o‘tkazi. Muxlislarsiz o‘tgan bellashuvda tajriba o‘z so‘zini aytdi "Zvezda" xokkeychilari 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida "qanotlilar" ustozi Evgeniy Popixin quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

"O‘yinni yomon boshlamagan edik. Ikkinchi davrda to‘g‘ri harakatlanmadik. Raqib uch bor darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi. Qaerdadir e’tiborni yo‘qotdik. Uchinchi davrning so‘nggi 10 daqiqasida qattiq kurashdik. Biroq raqib ham imkoniyat qoldirmadi. Ertangi qarama-qarshilikka tayyorlanamiz. Pley-off uchun ajoyib raqib".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!