
"Evro-2020". Forsbergning yagona goli Shvetsiyani guruh peshqadamiga aylantirdi
Hozirgina Evropa chempionatining “E” guruhi 2-turidan o‘rin olgan Shvetsiya hamda Slovakiya terma jamoalari bahsi o‘z nihoyasiga etdi.
Qiziqarli kechgan uchrashuv taqdirini 77-daqiqada Emil Forsberg tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi.
Ushbu o‘yindan so‘ng Shvetsiya terma jamoasi hisobidagi ochkolar 4 taga etdi va ular guruh peshqadamiga aylanib oldi. Slovakiya esa 3 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.
Guruhning ikkinchi o‘yini ertaga Ispaniya hamda Polsha terma jamoalari o‘rtasida kechadi.
Fikrlar