Evro-2020. Qur’adan oldin kim qaysi savatchadan joy oldi?

  • 20.11.2019 20:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor kecha ko‘hna qitada Evro-2020 saralash bahslarining so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra musobaqaning final bosqichida ishtirok etuvchi barcha 20 ta terma jamoa nomi ma’lum bo‘ldi.

Evro-2020 ga qur’a tashlash marosimi 30 noyabr kuni Buxarestda bo‘lib o‘tadi. UEFA esa ushbu marosimdan oldin qaysi terma jamoalar qaysi savatchalardan joy olishini tasdiqladi.

1-savatcha: Belgiya, Italiya (mezbon), Angliya (mezbon), Germaniya (mezbon), Ispaniya (mezbon), Ukraina.

2-savatcha: Frantsiya, Polsha, Shveytsariya, Xorvatiya, Gollandiya (mezbon), Rossiya (mezbon).

3-savatcha: Portugaliya, Turkiya, Daniya (mezbon), Avstriya, Shvetsiya, Chexiya.

4-savatcha: Uels, Finlyandiya, A, V, S va D guruhlarida o‘tish o‘yinlari g‘olibi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!