"Evro-2020"da qaysi klub futbolchilari eng ko‘p gol urdi?

  • 12 iyul, 2021, 16:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bu safargi Evropa chempionati Italiya terma jamoasining irodali g‘alabasi bilan nihoya topdi.

“Evro-2020” yakunlariga ko‘ra ma’lum bo‘ldiki, "Yuventus" futbolchilari ushbu musobaqada hammadan ko‘p gol urdi. "Keksa sinora" a’zolari jami 39 ta golga mualliflik qildi. Aytish kerakki, birgina Ronalduning o‘zi 5 ta gol urdi va musobaqa to‘purariga aylandi.

Bu ko‘rsatgich borasida ikkinchi o‘rin "Real"ga nasib etdi. “Qirollik klubi” futbolchilari ushbu Evropa chempionatida jami 37 marotaba raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.

Kuchli uchlikni Myunxenning "Bavariya" klubi futbolchilari yakunlab berishdi. Ular hisobida 35 ta gol mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!