"Evro-2024" kashfiyotlaridan biri "Benfika"ga o‘tdi

  • 3 sentabr, 2024, 11:18
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Benfika" "Evro-2024" turnirining kashfiyotlaridan biri Kerem Akturko‘g‘lini "Galatasaroy"dan 12 million evro evaziga sotib olganini e’lon qildi. Shartnomada yana bonuslar ham berilishi ko‘zda tutilgan.

25 yoshli vingerning o‘zi Portugaliya klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. "A Bola" nashrining xabariga ko‘ra, futbolchi keyinchalik sotilganda turk klubi 10% ulush oladi. Akturko‘g‘lining maoshi yiliga 2 million evro atrofida bo‘ladi. Belgilangan tovon puli miqdori esa, 60 million evroni tashkil qiladi.

Avvalroq Turkiya terma jamoasi futbolchisi "Spartak"ga o‘tishdan bosh tortgani haqida xabar berilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!