
"Evro-2024" saralash. Italiya Germaniyaga boradigan bo‘ldi, Qozog‘iston esa safarda mag‘lub bo‘ldi
"Evro-2024" saralashidan o‘rin olgan Ukraina - Italiya va Sloveniya - Qozog‘iston uchrashuvlari o‘z nihoyasiga etdi.
Italiya mehmonda Ukraina bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi va 14 ochko bilan guruhda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, "Evro" yo‘llanmasini olishga muvaffaq bo‘ldi.
Qozog‘iston esa safarda Sloveniyaga mag‘lub bo‘ldi.
Dastlab, 41-daqiqada Sheshko penaltidan gol urib, hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi taym boshida Orazov farqni yo‘qqa chiqardi. Ammo 86-daqiqada Verbich g‘alaba golini urdi.
Shu tariqa, Qozog‘iston to‘g‘ridan to‘g‘ri saralashdan o‘tma olmadi. Jamoa pley-off orqali Germaniyaga yo‘l olishi mumkin.
Fikrlar