"Evro 2024"ni "yondirgan" yigit Rossiya klubiga o‘tishni istamadi

  • 19 avgust, 2024, 19:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiyaning "Galatasaroy" klubi vingeri Kerem Akturko‘g‘lu Moskvaning "Spartak" jamoasiga o‘tishdan bosh tortdi, deb xabar bermoqda Turkiyaning "Fanatik" nashri.

Manbaga ko‘ra, "Galatasaroy" futbolchini "Spartak"ga sotish variantiga ijobiy qaragan. Biroq, Akturko‘g‘lining o‘zi Rossiya klubi safiga o‘tishni istamagan. Ayni vaqtda futbolchi Evropadan takliflar kutishda davom etmoqda. Agar Kerem o‘zi uchun Evropadan munosib takliflar bo‘lmasa, "Galatasaroy"da qolishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq, ommaviy axborot vositalarida Akturko‘g‘li "Spartak"dan 3-4 million evro maosh talab qilgani, Rossiya klubi esa unga atigi 2-2,5 million evro to‘lashga tayyorligi haqida xabar berilgandi. Xozirgi kunda turkiyalik futbolchining transfer summasi 12 million evroga baholangan.

Eslatib o‘tamiz, Akturko‘g‘lining "Galatasaroy" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning iyuniga qadar tuzilgan. U o‘tgan mavsumda barcha musobaqalar hisobidan umumiy 54 ta o‘yinda qatnashib, 15 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!