
Evro-2028ga Buyuk Britaniya va Irlandiya mezbonlik qilishi mumkin
UEFA tashkiloti 2028 yilgi Evropa chempionati mezbonligi uchun da’vogarlarni ko‘rib chiqmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, tashkilot katta ehtimol bilan Buyuk Britaniya va Irlandiya variantini ma’qul, deb topadi.
"The Sun" nashriga ko‘ra, o‘yinlar Angliya, Uels, Shotlandiya, Shimoliy Irlandiya va Irlandiyada o‘tkaziladi. Da’vogarlar qatorida Turkiya va Rossiya nomlari ham qayd etilgan.
Biroq hozircha UEFAga boshqa takliflar kelib tushmagani aytilmoqda. Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Buyuk Britaniya va Irlandiyaning JCh-2030 mezbonligi uchun topshirgan arizasi rad etilgandi.
Fikrlar