
Evropa chempionatida ishtirok etgan tarixdagi eng yoshi katta futbolchi faoliyatini yakunladi
Vengriya terma jamoasi darvozaboni Gabor Kiray 43 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi.
Aytish kerakki, Kiray Vengriya terma jamoasi safida Evro-2016da ishtirok etgan va o‘shanda Evropa chempionatlarida qatnashgan tarixdagi eng yoshi katta futbolchi sifatida qayd etilgan edi. Kiray Avstriyaga qarshi o‘yinda 40 yosh 74 kunlik bo‘lgan.
U faoliyati davomida "Fulxem", "Byornli", "Kristal Pelas", "Vest Xem" "Gerta" va "Bayer" kabi klublarda to‘p surgan.
Fikrlar