
Evropa Ligasi. "Roma" safarda qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi
Evropa Ligasi 5-turi doirasidagi XIK - "Roma" uchrashuvi yakuniga etdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tgan bellashuvda rimliklar 2:1 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi.
"Bo‘rilar"ning gollaridan biriga Temmi Abraxam mualliflik qilgan bo‘lsa, yana bitta to‘pni Arttu Xoskonen o‘z darvozasiga kiritib yubordi. Finlyandiya klubining yagona goli esa Perparim Xetemay nomiga yozildi.
Legionerimiz Eldor Shomurodov o‘yinning 78-daqiqasida Lorentso Pellegrining o‘rniga maydonga tushdi.
G‘alabadan keyin "Roma" 7 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, XIK 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar