Evropa Ligasida 3 ta klub muddatidan avval pley-offga chiqdi

  • 8 noyabr, 2019, 01:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Ligasining 4-turida "Sevilya" safarda "Dyudelanj" (5:2) ni mag‘lub etgan bo‘lsa, "Seltik" mehmonda "Latsio" (2:1) ni taslim etdi va Shvetsariyaning "Bazel" klubi "Xetafe" (2:1) ustidan g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Tecno

"Sevilya", "Bazel" va "Seltik" guruh bosqichining yana 2 turi bo‘lishiga qaramay, muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini hal etishdi.

"Sevilya" ketma-ket to‘rttinchi uchrashuvda g‘alabani qo‘lga kiritib, 12 ochko to‘plagan holda, 8 ochkolik farq bilan etakchilik qilmoqda. "Seltik" esa 10 ochkoga ega va o‘z guruhida ChFR "Kluj" jamoasini 1 ochkoga ortda qoldirmoqda. Uchinchi o‘rin bilan oradagi farq 7 ochkoni tashkil etadi.

"Bazel" klubi o‘z guruhida 10 ochko to‘plagan. Shveytsariyaliklar "Krasnodar" va "Xetafe" klublaridan 4 ochkoga ilgarilab ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!