
Evropa Superkubogi: "Chelsi" - "Vilyarreal": Matnli translyatsiya
Assalomu alaykum, qadrli futbolsevar do‘stlar! Evropa Superkubogi uchun kechadigan bugungi uchrashuvda "Chelsi" hamda "Vilyarreal" jamoalari o‘zaro kurash olib boradi. Mazkur bahsni saytimiz orqali matnli translyatsiya ko‘rinishida tomosha qilishingiz mumkin!
6:5. SEYV! Kepa Arrisabalaga Albiolning zarbasini qaytarib, jamoasiga Evropa Superkubogini olib berdi!
6:5. GOL! Ryudigerning zarbasidan keyin darvozabon to‘pni qaytara olmadi!
5:5. GOL! Xuan Foytning urinishi ham gol bilan yakunlandi!
5:4. GOL! Pulishichning zarbasidan so‘ng Asenxo to‘p yo‘nalishini topa olmaji!
4:4. GOL! Rabaning o‘ng burchakka ishonch bilan bergan zarbasi golga aylandi!
4:3. GOL! Jorjino to‘pni markazga ohista yo‘lladi va hisobni jamoasi foydasiga o‘zgartirdi!
3:3. GOL! Gomesning kuchli zarbasini to‘p yo‘nalishini topgan Kepa qaytara olmadi!
3:2. GOL! Maunt tomonidan erlatib tepilgan to‘pni darvozabon bartaraf eta olmadi!
2:2. GOL! Estupinyanning zarbasini Kepa qaytara olmadi!
2:1. GOL! Markos Alonsoning chap burchakka bergan zarbasi golga aylandi!
1:1. SEYV! Mandining urinishidan so‘ng Kepa to‘pni qaytardi!
1:1. GOL! Yana o‘ng tomonga berilgan zarba va Aspilikueta jamoasi uchun hisobni ochmoqda!
0:1. GOL! O‘ng tomonni nishonga olgan Moreno mo‘ljalda adashmadi!
0:0. SEYV! Kay Xavertsning o‘zidan o‘ng tomonga bergan zarbasini Asenxo qaytardi!
120. Barchasi penaltilar seriyasida hal bo‘ladi.
119. Tuxel so‘nggi daqiqalarda Mendi o‘rniga Kepani maydonga tashladi.
118. Pulishichga nisbatan qoida buzgan Raba ogohlantirildi.
116. Aspining uzatmasi noaniq ketdi va darvozabonning qo‘liga borib tushdi.
115. "Vilyarreal"ning birvarakayiga 2 futbolchisi ofsaydda qolib ketdi.
113. So‘nggi daqiqalarda jamoalar ehtiyotkorlik bilan oldinga o‘tmoqda.
110. O‘yin har ikki jamoaning faolligi ostida kechmoqda. Kubokni kim ilib ketishini hozircha ta’min qilish qiyin.
108. Meyson Mauntning yaqin masofadan bergan zarbasini Asenxo qaytardi.
106. Ikkinchi ekstra taymga start berildi!
105. Tanaffus!
104. Birinchi ekstra taymni "Chelsi" faolroq o‘tkazdi.
102. Mauntning uzatmasidan keyin Alonso to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi.
100. Kristian Pulishichning yaqin masofadan bergan zarbasi biroz noaniq ketdi.
97. Endi to‘p nazorati Emeri shogirdlari tomonga o‘tib ketdi. Ustunlik tez qo‘ldan ketmoqda.
95. Burchakdan etkazib berilgan to‘pni Serxio Asenxo ushlab oldi.
93. G‘alaba uchun "aristokratlar" ko‘proq harakat qilayotgandek ko‘rinmoqda. Ular yana raqib jarima maydoni atrofida.
91. Birinchi ekstra taym boshlandi!
90+4. Asosiy vaqtda g‘olib nomi aniqlanmadi. Kubok egasi qo‘shimcha taymlarda aniqlanadi!
90+4. O‘tkir burchakdan kuchli zarba bergan Markos Alonso mo‘ljalda biroz adashdi.
90+3. Pulishichning zarbasi yo‘liga jamoadoshi Alonso g‘ov bo‘ldi.
90+2. Jarima maydoniga etkazib berilgan to‘pni Mendi ushlab oldi.
90. O‘yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo‘shildi.
88. Pulishich qulay imkoniyatga ega bo‘ldi. Biroq yon hakam bayroqchasini ko‘tarib turganligi uchun o‘yin to‘xtatildi.
88. So‘nggi daqiqalar "aristokratlar"ning to‘liq ustunligi ostida o‘tmoqda.
87. Chalobaning uzatmasini himoyachilar o‘tkazmadi.
84. Jorjinoning zarbasidan keyin to‘p darvozaga qadar etib bormadi.
82. Xadson-Odoi o‘z o‘rnini Aspilikuetaga bo‘shatib berdi.
80. Hisob tenglashganidan keyin, o‘yin ham teng kurashlar ostida kechishni boshladi.
77. Xadson-Odoining jarima maydoniga oshirib bergan to‘pini himoyachilar qaytardi.
75. Mauntning uzoq masofadan yo‘llagan to‘pini Asenxo ushlab oldi.
73. GOOOOOOOOOOOL! Hisob tenglashdi!
Jerar Morenoning zarbasidan keyin Mendi to‘pni qaytara olmadi.
70. Emeri ham 2 ta o‘zgarish amalga oshirdi: Moi Gomes va Mario Gaspar o‘yinga qo‘shildi. Ular o‘rniga Kapu hamda Trigeros maydonni tark etdi.
68. Estupinyanning o‘tkir burchakdan bergan zarbasini Mendi qaytardi.
65. Tomas Tuxel o‘yinni o‘zgartirish maqsadida 3 o‘zgarishga qo‘l urmoqda: Jorjino, Maunt hamda Karstensen maydonga tushdi. Ular o‘rniga Kante, Verner va Zuma zaxiraga olindi.
63. Jarima maydonidan uzoq bo‘lmagan hududda Pulishichga nisbatan qo‘pollik ishlatildi. Angliyaliklarda standart vaziyat.
61. Eremi Pinoga sariq kartochka ko‘rsatildi.
60. "Vilyarreal"ning bosimi tobora ortib bormoqda.
57. So‘nggi daqiqalarni Unai Emeri shogirdlari ancha faol o‘tkazmoqda. "Chelsi" himoyada.
55. Chalobaning xatosidan so‘ng to‘pni olib qo‘ygan Dia hujumni muvaffaqiyatli davom ettira olmadi.
52. Xerar Morenoning zarbasidan keyin to‘p ustundan qaytdi.
50. Ikkinchi 45 daqiqalikda to‘p nazorati ispaniyaliklar tomonda bo‘lib turibdi.
48. Kay Xavertsning zarbasidan keyin to‘p to‘rga tashqi tomondan kelib tegdi.
46. Ikkinchi taym boshlandi!
45+4. Tanaffus!
45+4. Alberto Morenoning jarima maydoni ichidan yo‘llagan zarbasidan keyin to‘p to‘singa tegib maydonga qaytdi.
45+3. Taym so‘ngida Emeri shogirdlari raqibni chuqur himoyalanishga majbur etmoqda.
45+1. Trigerosning jarima maydoniga oshirgan to‘pini himoyachilar uzoqlashtirdi.
45. Birinchi bo‘limdagi to‘xtalishlar o‘rnini qoplash maqsadida 3 daqiqa qo‘shib berildi.
44. Eremi Pinoga nisbatan jiddiy qo‘pollik ishlatgan Ryudiger sariq kartochka ishlab oldi.
42. Jarohat olgan Xakimning holati u qadar yaxshi emas. Yarim himoyachi maydonni tark etdi va endi uning o‘rniga Kristian Pulishich o‘yinni davom ettiradi.
40. Ikkinchi qavatdagi to‘p uchun kurashda Foyt bilan to‘qnashib ketgan Zieshga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
38. Alonsoning ishonchsiz harakatidan keyin "sariq suvosti kemasi" burchak to‘piga ega bo‘ldi.
36. Kurt Zuma yaqin masofadan to‘pni darvozaga to‘g‘irlab yubora olmadi.
35. Markos Alonsoning yaqin burchakka yo‘llagan to‘pini Asenxo qaytardi.
33. Dianing yaqin masofadan yo‘llagan xavfli zarbasidan so‘ng Eduar Mendi jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.
31. Eremining zarbasidan keyin Mendi to‘pni osonlikcha ushlab oldi.
29. Gol urib olgan Tuxel shogirdlari to‘pni nazorat qilishda davom etmoqda.
27. GOOOOOOOOOL! Uchrashuvda hisob ochildi!
Xaverts tomonidan jarima maydoniga oshirilgan to‘pni Xakim aniq zarbasi bilan darvozaga kiritdi!
24. Zieshning uzatmasidan keyin Chaloba jarima maydoni ichida to‘pni qabul qilib oldi. Ammo himoyachining zarbasi muvaffaqiyatsiz chiqdi.
22. To‘pni o‘zidan uzoqlashtirib yuborgan Verner uni yo‘qotdi va jamoasi hujumi erta yakunlanishiga sabab bo‘ldi.
20. Kurashlar asosan, markazda kechmoqda. Tomonlar jarima maydonini yaxshi qo‘riqlayapti.
17. Xadson-Odoiga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik natijasida londonliklar standart vaziyatga ega bo‘ldi.
15. Doimgidek, himoyaga yordamga qaytgan Kante raqibni zararsizlantirib, to‘pni jamoasiga qaytarib berdi.
13. "Aristokratlar" maydon bo‘ylab to‘pni o‘zlarida ushlab turibdi.
11. "Vilyarreal"ning ilk imkoniyati burchak zarbasidan so‘ng yuzaga keldi. Biroq Alonso to‘pni jarima maydonidan uzoqlashtirdi.
9. N'Golo Kantening olis masofadan bergan zarbasi biroz noaniq ketdi.
8. "Chelsi" bosim uyushtirishda davom etmoqda. Ispanlar nima bo‘layotganini tushunmayapti, chog‘i!
6. Xadson-Odoining zarbasidan keyin darvozabon to‘pni qaytardi.
5. Markos Alonsoning jarima maydoniga oshirib bergan to‘pini Pedrasa maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
3. Londonliklar o‘z uslubiga muvofiq, ilk daqiqalardan pressingga urg‘u bermoqda.
1. Uchrashuv boshlandi!
0. Futbolchilar maydonga tushib keldi! O‘yin bir necha daqiqalar ichida start oladi!
Fikrlar