Evropadagi eng qimmat ikki supertransferni bir klub amalga oshirdi

  • 24 iyul, 16:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya chempionati g‘olibi “Liverpul” yozgi transferlar davrida tarkibini sezilarli darajada kuchaytirishni uddaladi.

Tecno

Klub rahbariyati bosh murabbiy Arne Slotni qimmatbaho transferlar bilan qo‘llab-quvvatlagani “Liverpul” kelasi mavsumda ham yuksak natijalar uchun kurashishidan dalolat beradi.

Transfermarkt portalining ma’lum qilishicha, yozgi transfer bozorida hozirgacha eng qimmat ikkita xaridni bir jamoa – aynan “Liverpul” amalga oshirdi.

Mersisaydliklar “Bayer” etakchisi Florian Virtsni olish uchun rekord summa – 125 million evro ishlatdi. Shuningdek, “Ayntraxt”ning frantsiyalik hujumchisi Ugo Ekitike “Liverpul”ga 95 million evroga tushdi.

“Manchester Yunayted”ga qo‘shilgan “Brentford” hujumchisi Brayan Mbemoning 75 million evrolik transferi qimmatbaho xaridlar reytingida uchinchi o‘rinda qayd etilgan.

Shuningdek, Ruben Amorim jamoasi 74,2 million evroga “Vulverxempton”dan Matus Kunyani olgan bo‘lsa, “Arsenal” rahbariyati Martin Subimendi uchun “Real Sosedad” hisob raqamiga 70 million evro o‘tkazib berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!