Evropaning 2022 yilgi eng yaxshi yosh futbolchisi aniqlandi
Dortmundning "Borussiya" klubi etakchilaridan biri Jud Bellingem Evropaning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida tan olindi. Anglyalik hujumchi IFFHS, yani, Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi tomonidan mazkur mukofotga sazovor bo‘ldi.
19 yoshli futbolchi 2020 yilning yozidan buyon dortmundliklar safida to‘p tepmoqda. Uning "arilar" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning 30 iyunida yakunlanadi.
"Transfermarkt" portali Judning hozirgi narxini 110 million evroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2022/2023 yilgi mavsumda Bellingem Germaniya Bundesligasida 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar