
Evropaning 3 ta grandi Lyakazett uchun kurash boshladi
"Arsenal" forvardi Aleksandr Lyakazett faoliyatini Italiya yoki Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
Get French Football News nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 29 yoshli frantsiyalik futbolchiga "Atletiko", "Yuventus" va "Inter" klublari jiddiy qiziqib qolishgan. “Kanonirlar” Lyakazettning transferi bo‘yicha takliflarni APLda mavsum yakunlangach ko‘rib chiqmoqchi. Uning transferi 48 mln evroga baholanmoqda.
Lyakazett “Arsenal” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 120 ta o‘yinda maydonga tushdi va 46 ta gol hamda 22 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar