
Evropaning 5 ta grand klubi Rossiya terma jamoasi himoyachisi uchun kurash boshladi
Moskvaning TsSKA klubi va Rossiya terma jamoasi himoyachisi Mario Fernandesga Evropaning top-klublari jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Bu haqda jurnalist Gilem Balage o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra asli braziliyalik bo‘lgan 28 yoshli futbolchiga "Manchester Yunayted", "Manchester Siti", "Bavariya", "Barselona" va "Chelsi" kabi jamoalar qiziqib qolishgan.
Ma’lumot uchun, Fernandes joriy mavsum TsSKA safida jami 33ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 9ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar