
Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida "Napoli"ga teng keladigani yo‘q!
Italiyaning “Napoli” klubi joriy mavsum Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida ishtirok etayotgan 98 ta jamoa orasida bosh bilan urilgan gollar soni bo‘yicha peshqadam bo‘lib turibdi.
Neapolliklar ushbu gollarning 17 tasini chempionat o‘yinlarida kiritgan – bu esa ko‘rsatkich rekord hisoblanadi. Ularning aksariyatiga, albatta, nigeriyalik kuchli hujumchi Viktor Osimxen mualliflik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, “Napoli” o‘zining XXI asrdagi ilk chempionligini qo‘lga kiritishga juda yaqin turibdi. Jamoaning oldingi ikki chempionligi Diego Maradona davrida qo‘lga kiritilgan (1987, 1990 yil).
Fikrlar