Fabio Kapello Neymar haqida: U juda ko‘p pul topayapti va bu uni buzyapti

  • 18 iyun, 2019, 23:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik mashhur mutaxassis Fabio Kapello PSJ klubi va Braziliya terma jamoasi forvardi Neymarni jiddiy tanqid qildi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

“Neymar menga futbolchi sifatida yoqadi. Unda ko‘plab yaxshi sifatlar bor, biroq unga jiddiylik etishmaydi. U o‘zgardi. U juda ko‘p pul topayapti va bu uni buzyapti. Masalan, Messi faqat o‘yin haqida o‘ylaydi, biznes haqida emas”, - deydi Kapello.

Eslatib o‘tamiz, PSJ Neymarni 2017 yil “Barselona”dan 222 mln evro evaziga sotib olgan edi. Biroq, yaqindagida parijliklar uni sotib yubormoqchi ekanliklari haqida xabarlar tarqaldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!