Fabregas: Har yili "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishi lozim bo‘lgan futbolchi Messi edi
Kechagi "Barselona" ga karshi kechgan uchrashuvdan so‘ng "Komo" bosh murabbiyi Sesk Fabregas Lamin Yamalning "Oltin to‘p" uchun kurashdagi imkoniyatlari va kelajagi haqida fikr bildirdi.
"Xotiramda har yili "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish lozim bo‘lgan yagona futbolchi Lionel Messi edi. Ehtimol, Lamin hozircha bu darajaga etmagan bo‘lsa-da, shu yo‘nalishda davom etib, rivojlanishdan to‘xtamasa, bu mukofat uchun kurashda xuddi shunday hukmrolikka erisha oladi. Men hozirgacha bu mukofot qanday berilishini va qaysi futbolchi buni yutishi kerak, degan xulosaga qanday kelishlarini tushunmayman.
Messi har uch kunda ikkitadan gol urar va o‘yin natijasiga ta’sir ko‘rsatar edi. U barcha yo‘nalishda ustunlik qilar edi. Men Yamal uchun bu hozircha boshlanishi ekanligini tushunaman. U hali 17 yoshda, agar u 21 yoki 22 yoshga etganda ham shu tarzda davom etsa, nima bo‘lishini tasavvur qiling. Unga eng yaxshi tilaklarmni bildiraman",- dedi "Kataloniya" jamoasi sobiq futbolchisi.
Eslatib o‘tamiz, "Oltin to‘p" topshirish marosimi 22 sentyabr kuni Frantsiyaning Parij shaxrida bo‘lib o‘tadi.



Fikrlar