Fabritsio Romano: Vlahovichga 3 ta klub qiziqish bildirmoqda

  • 10 iyul, 2023, 15:58
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Insayder Fabritsio Romano xabar berishicha, Vlahovich yaxshi taklif tushsa, "Yuventus"ni tark etishga tayyor. Unga Bundesliga, Premer-liga va Liga 1dan qiziqishlar mavjud. 

Tecno

O‘ziga markaziy hujumchi izlayotgan PSJ ro‘yxatda favoritlardan biri bo‘lib turibdi. "Chelsi" va "Bavariya" ham uni sotib olishni o‘ylamoqda. Ammo hali hech qaysi klub rasmiy taklif bilan chiqmadi. 

Eslatib o‘tamiz, Vlaxovich 2022 yil qishki transferlar oynasida "Arsenal"ga rad javobini berib, turinliklar safiga o‘tgandi. Uning jamoa bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!