
FAKT! Abduxoliqov "Navbahor"da deyarli har o‘yinda samarali harakat amalga oshirmoqda
Ayni payt Superliga 5-turi doirasida "Navbahor" va "Andijon" jamoalari o‘zaro kuch sinashmoqda. Bahsning 66-daqiqadasi namanganliklar hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov hisobni ochdi va mavsumdagi ikkinchi golini urishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, Abduxoliqov deyarli har uchrashuvda gol yoki assist qayd etgan holda o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ymoqda. Uning hisobida 2 gol va 3 assist mavjud.
Hujumchi faqatgina OKMK bilan kechgan o‘yinda samarali harakat amalga oshira olmagan. O‘sha bellashuvda namanganliklar 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
"Qizilqum"ga qarshi assist.
"Metallurg"ga qarshi assist.
"Paxtakor"ga penaltidan gol.
"So‘g‘diyona"ga qarshi assist.
OKMK - 0.
"Andijon"ga qarshi gol.
Fikrlar