FAKT! “Dinamo” Navoiyda “Qizilqum”ni bir marta mag‘lub etgan xolos
"Qizilqum" - "Dinamo" uchrashuvidan oldin samarqandliklar matbuot kotibi o‘yinga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.
Navoiy va Samarqand klublari O‘zbekiston chempionatlarida 35 marta o‘zaro o‘yin o‘tkazishgan. Shundan 15tasida "Qizilqum"ning qo‘li baland kelgan, 10ta uchrashuvda Samarqand klubi zafar quchgan. Qolgan 10ta o‘yinda g‘olib aniqlanmagan. "Dinamo" so‘nggi marta "Qizilqum"ni safarda 2008 yilda mag‘lub etgan. Ko‘ramiz, “Dinamo” 11 yil oldingi natijani bugun takrorlay olarmikan?
Navoiydagi o‘zaro uchrashuvlar:
2017 yil. Qizilqum - Dinamo – 1:0
2015 yil. Qizilqum - Dinamo – 1:0
2014 yil. Qizilqum - Dinamo – 2:0
2013 yil. Qizilqum - Dinamo – 1:1
2012 yil. Qizilqum - Dinamo – 1:1
2011 yil. Qizilqum - Dinamo – 2:1
2010 yil. Qizilqum - Dinamo – 3:1
2009 yil. Qizilqum - Dinamo – 2:0
2008 yil. Qizilqum - Dinamo – 1:2
2007 yil. Qizilqum - Dinamo – 2:1
2006 yil. Qizilqum - Dinamo – 2:0

Fikrlar