FAKT! Eronning himoyasida muammolar bor, jamoa so‘nggi 5 o‘yinning barchasida gol o‘tkazib yuborgan!

  • 20 iyun, 2023, 13:43
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun "CAFA Nations Cup" turnirining final bellashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda "A" kvarteti peshqadami O‘zbekiston milliy terma jamoasi narigi "B" guruhda birinchi o‘rinni egallagan Eronga qarshi maydonga tushadi.

Tecno

Mazkur o‘yin oldidan biz sizga qiziq ma’lumotni e’tiboringizga havola etamiz. Eron terma jamoasi hujumkor o‘yin namoyish etib, ko‘plab gollar urishiga qaramasdan mudofaa chizig‘ida ayrim muammolar ham yo‘q emas. 

"Fors yo‘lbarslari" so‘nggi o‘tkazilgan 5 o‘yinning barchasida o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan. AQShga qarshi jahon chempionatida, Rossiya va Keniyaga qarshi o‘rtoqlik bahslarida va "CAFA Nation's Cup" turnirida Afg‘oniston va Qirg‘iz Respublikasi ham bugungi raqibimizni ranjitishga muvaffaq bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, Eronga qarshi final uchrashuvi "Bunyodkor" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da start olishi rejalashtirilgan.

 

Shohrux Zoirov.

iran

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
20/06/2023 17:49
Эрон бугунги у'йинда гол у'тказмаслиги мумкин