
FAKT! "Nasaf" va OKMK o‘rtasidagi chempionat o‘yinlarida 3 yildan beri g‘olib nomi aniqlanmay kelmoqda
Bugun Superligada 13-tur o‘yinlari davom ettiriladi. "Nasaf" Qarshida OKMKni qabul qiladi. Uchrashuv starti 20:00 ga belgilangan. O‘yinni "Sport" telekanali orqali jonli efirga uzatish rejalashtirilgan.
Ahamiyatlisi, bu jamoalar o‘rtasidagi Superliganing so‘nggi 4 o‘yinida g‘olib nomi aniqlanmay kelmoqda. Oxirgi g‘alabani 2020 yil 21 oktyabrda "ajdarlar" qo‘lga kiritgandi. Qarshida o‘tgan bellashuvda mezbonlar ishonchli hisobda zafar quchgan - 2:0.
Eslatib o‘tamiz, "Nasaf" ayni payt turnir jadvalida 21 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. 20 ochkosi bor bo‘lgan OKMK 5-pog‘onani band etgan.
Fikrlar