FAKT! "Olimpik" bu mavsum faqat bitta jamoadan ochko tortib olmagan
Superliganing 2022 yilgi mavsumi ham yakuniga etdi. Shiddatli kechgan musobaqa oxirida Toshkentning "Paxtakor" klubi chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Biz sizga yakunlangan chempionat statistikalarini taqdim etishni davom ettiramiz.
Bu safar "Olimpik" haqida qiziqarli fakt ulashishga qaror qildik. Unga ko‘ra, Kapadze shogirdlari bu mavsum barcha klublardan ochko olishga muvaffaq bo‘lgan. Faqatgina bitta klubdan tashqari.
"Olimpiyachilar" "Qizilqum"ga qarshi kechgan ikki bahsda ham mag‘lubiyatga uchragan. Birinchi davradagi 5-turda o‘tgan o‘yinda 0:1, ikkinchi davra 18-turida kechgan bellashuvda 1:2 hisobi qayd etilgan.

Fikrlar