
Fantastik kambek! "Andijon-SGS" 0:2 hisobida yutqaza turib, so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi
Pro-liga 7-turidan o‘rin olgan "Andijon-SGS" - "Sho‘rtan" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
G‘uzorliklar tarkibida gollarni Suvonov va Sarimsoqov kiritdi. Andijon klubining uch goli Jumaboev, Mo‘minov va Mo‘ydinov nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, "Andijon-SGS" turnir jadvalida 6 ochko bilan 7-o‘ringa chiqib oldi. "Sho‘rtan" hisobida 7 ochko mavjud bo‘lib, klub 5-pog‘onani band etgan.
Fikrlar