Faoliyatidagi dastlabki sovrinni qo‘lga kiritgan Keyn hissiyotlarini yashirib tura olmadi

  • 5 may, 19:54
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xarri Keyn "Bavariya"ning Bundesligadagi g‘alabasidan so‘ng muxlislarga murojaat qildi.

Tecno

- Barchaga salom! Biz chempionmiz! Bu ajoyib his-tuyg‘u.

Men shunchaki mavsum davomida uyda va safarda qo‘llab-quvvatlaganlari uchun muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bularning barchasi sizsiz amalga oshmas edi.

Birinchi sovrinimni aynan shu erda, "Bavariya"da qo‘lga kiritganimdan juda g‘ururlanaman. Keling, keyingi bir necha hafta davomida bundan birgalikda bahramand bo‘laylik, - dedi "Bavariya"ning angliyalik hujumchisi.

Eslatib o‘tamiz, myunxenliklar 32-turda muddatidan oldin Germaniya chempioni bo‘lishdi. Keyn 31 yoshida faoliyatidagi ilk sovrinni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!