Faqat to‘rt o‘yinchi aniq qoladi

  • 9 iyun, 2022, 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” rahbariyati yakunlangan mavsumda sovrinlarsiz qolgan jamoani yangilashga qaror qildi. Klub xo‘jayinlari futbolchilar oldiga jiddiy talablar qo‘ymoqda va unga mos bo‘lmaganlar o‘ziga boshqa ish topishi kerak bo‘ladi.

Tecno

Manbalarning ta’kidlashicha, murabbiylar shtabi faqat to‘rt futbolchi kelasi mavsum ham jamoada qolishi aniqligini ma’lum qilgan. Bular darvozabon Voytsex Shchensni, hujumchi Dushan Vlaxovich, himoyachi Danilo va yarim himoyachi Manuel Lokatellidir.

Qolgan birorta o‘yinchining joyi kafolatlanmagan. Ularga boshqa jamoalardan taklif bo‘lsa, klub mutasaddilari buni ko‘rib chiqishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!