Farg‘ona viloyati derbisida "Qo‘qon-1912" "Turon" ustidan g‘alaba qozondi. Xolmuhamedovdan super gol (video)

  • 10 mart, 2021, 22:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 1-turida debyutant “Turon” o‘z maydonida “Qo‘qon-1912”ni qabul qildi.

Yaypanda o‘tgan Farg‘ona derbisi shiddatli va murosasiz kurashlarga boy kechdi. Yakunda esa 1:2 hisobida mehmonlarning qo‘li baland keldi. Shu kuni “Qo‘qon-1912” safida gollarni Mo‘minjon Meliev (39') va Murod Xolmuhammedov (64') kiritgan bo‘lsa, “Turon”ning yagona goliga Jasur Hakimov (50') mualliflik qildi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!