Farg‘ona viloyati sport rasmiylari Xitoy safarida bo‘lib qaytdi. Nega?

  • 10 mart, 14:22
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

O‘zbekiston boks federatsiyasining Farg‘ona viloyati bo‘limi ijrochi direktori Murodjon Dadaboev, viloyat sport delegatsiyasi bilan birgalikda 10 kun davomida
Xitoy Xalq Respublikasi Guangdong provinsiyasi, Guanchjou shahrida joylashgan Olimpiya tayyorlash markazlari bilan sport sohasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida chin yurtida bo‘lishdi.

Bunda, Guangdong provinsiyasi sportchilari dunyoda etakchilik qilayotgan sport turlari bo‘yicha malakali mutaxassislarni Farg‘ona viloyatiga jalb qilish, qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari o‘tkazish, ularning tajribasidan foydalangan holda Los Anjeles-2028 yozgi olimpiya o‘yinlariga sport turlari bo‘yicha puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘zaro kelishuvlarga erishildi.

Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!