Farhod Sohibjonov: "Juda murakkab guruh tushganligi bilinyapti"

  • 27 aprel, 2024, 09:23
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Andijon” klubining iqtidorli futbolchilaridan biri Farhod Sohibjonov joriy yilgi mavsumni ancha ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazayotganini hamma ko‘rib turibdi.

17-raqam egasi jamoaning asosiy figuralaridan biriga aylangan holda har bir bellashuvda o‘ziga bildirilgan ishonchni qozonish uchun maksimal darajada harakat qilayotgani e’tiborga molik.

Oldinda esa “Burgutlar”ni O‘zbekiston Kubogi doirasida “Nasaf”ga qarshi yana bir muhim bahs kutmoqda. Bo‘lajak uchrashuv oldidan Sohibjonov “Andijon” matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- “Nasaf” bilan uchrashuvga tayyorgarlik qay tarzda olib borilmoqda va jamoadagi kayfiyat qanday?

- Avvalambor, hammaga assalomu alaykum. Mashg‘ulotlarimiz a’lo darajada davom etyapti. O‘z formamizni o‘yingacha tiklashimiz uchun hamma narsalar qilinyapti.

- O‘tgan oyda “Andijon” “Nasaf” bilan chempmonatda to‘qnash kelgan va unda 1:1 hisobi qayd etilgandi. O‘sha o‘yin bilan bu safargisida qanday farq bo‘ladi, deb o‘ylaysiz?

- Menimcha, chempionat va Kubok o‘rtasidagi o‘yin juda boshqacha bo‘ladi. Haqiqiy jang kechadi, deb o‘ylayman. Chunki qaysi jamoa mag‘lub bo‘lsa, o‘sha klub Kubok musobaqasini tark etadi. Yana bir tomoni ham bor, “Dinamo” – “Navbahor” o‘yiniga ham bog‘liq bo‘lib qoladi. Juda murakkab guruh tushganligi bilinyapti.

- Namangandigi mag‘lubiyatni qanday izohlagan bo‘lardingiz?

- “Navbahor” bilan o‘yin juda og‘ir kechdi. Nimagadir o‘yin vaqti ham erta ko‘yildi. Ozgina charchoq bilindi, yigitlarda. Chunki issiq havoda o‘yngandik. Nima ham deyish mumkin, omadimiz kelmadi.

- “Nasaf”ni yutish uchun nima qilish kerak, deb o‘ylaysiz?

- Bor kuchimizni berib, muxlislar har doimgidan-da kuchliroq qo‘llab-quvvatlasa, Xudo xohlasa g‘alaba qozonamiz. Muxlislar bilan shu darajagacha kelyapmiz. Nasib qilsa, bundan ham zo‘r o‘yinlar ko‘rsatamiz, Andijon xalki uchun.

- Muxlislar jamoaning 12-o‘yinchisi. Ularning qarshisida to‘p surish sizga nima bag‘ishlayapti?

- Men anchadan beri “Andijon” jamoasida o‘ynayman. Muxlislar menga juda katta kuch beradi. Ularning oldida o‘zimni xotirjam his qilaman. Menga motivatsiya bo‘ladi. Negaki, o‘yin paytida muxlislar orasida otam-onam, akalarim ham bo‘ladi. Ularning oldida ikki barobar o‘zimni zo‘r his qilaman. Bugun meni kunim bo‘lishi kerak, deb o‘zimga motivatsiya berib, maydonga chiqaman.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Абдигани
28/04/2024 06:45
Насиб булса Андижон уз уйида Насафдан маглубиятга учрайди