Fati "Real"ga qarshi o‘yinda jarohat olgani ma’lum bo‘ldi

  • 20 dekabr, 2019, 10:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi 78 yil ichida o‘tkazilgan “el-klasiko”larda debyut qilgan eng yosh futbolchi Anssumane Fati 18 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan “Real”ga (0:0) qarshi o‘yinda jarohat olgani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, Fati garchi o‘yin tugashiga 8 daqiqa qolganida maydonga tushgan bo‘lsada, raqib himoyachisi Dani Karvaxaldan kuchli zarba qabul qilib olishga ulgurdi.

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Fati ertaga “Alaves”ga qarshi bo‘ladigan bahsni o‘tkazib yuboradi.

Ma’lumot uchun, Fati joriy mavsum “Barselona” safida 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 3 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!