Fayzullaev faoliyatini qaerda davom ettiradi?

  • 18 avgust, 2024, 22:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Paxtakor” tarbiyalanuvchisi Abbosbek Fayzullaev bir yil muqaddam Moskvaning TsSKA klubi safiga ko‘chib o‘tganidan keyin legioner sifatida debyut mavsumida sermahsul o‘yin ko‘rsatdi.

Qolaversa, 20 yoshli hujumkor futbolchimizning O‘zbekiston terma jamoalari safida qit’a miqyosidagi bir necha nufuzli turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgani ko‘pchilikda Abbosbek Fayzullaevning Evropaga  qachon yo‘l olishi haqidagi savollarni keltirib chiqarmoqda.

Ayni paytda legionerimiz Parij Olimpiadasidan qaytganidan keyin sport formasini tiklashga harakat qilyapti. TsSKAning Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogidagi uchrashuvlarida ishtirok etmoqda.

Tabbiyki, Rossiya matbuoti vakillari ham Abbosbek Fayzullaevga turli savollar bilan murojaat qilyapti.

Sportga ixtisoslashgan “Sovetskiy sport” nashri jurnalisti Nikita Ploxix o‘zbek futbolchisidan faoliyatini qaerda davom ettirishi haqidagi masalaga oydinlik kiritishni so‘radi.

- Ayni paytda TsSKA bilan amaldagi shartnomam bor, men bu bitimni hurmat qilaman. TsSKAda baxtiyorman, menga yangi murabbiy, uning shtabidagilar va muxlislar juda yoqdi.

Hozircha, shartnomam oxiriga qadar TsSKAdaman. Shu erda ekanman borimni shu klubga bag‘ishlayman, - dedi Abbosbek Fayzullaev.

Rossiyaning eng yirik TASS axborot agentligi ham o‘zbek futbolchisiga mashhurlik va muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi haqidagi savollarni berdi.

- Biznikilar Rossiyadagi legionerlarimizni ham juda yaxshi qo‘llab-quvvatlab kelishadi. Ijobiy reaktsiyalarni ijtimoiy tarmoqdagi ijobiy izohlar va mulohazalarning ko‘pligidan bilib olish mumkin.

Men O‘zbekistondan bo‘layotgan qo‘llab-quvvatlashlarni his qilaman, muxlislar doim menga yozishadi.

O‘zbekistonda ko‘cha-ko‘yda ham meni tanib qolishadi. Bu holat Moskvada kamroq.

Meni doim yaxshi kutib olishadi, tabassum va xursandchilik bilan suratga tushishadi, - dedi Abbosbek Fayzullaev.

Rossiya futbolining yangi mavsumida o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari Premer-liganing o‘zbek futbolchilari to‘p tepayotgan uch jamoasi o‘yinlarini alohida qiziqish bilan tomosha qilib bormoqda.

Abbosbek Fayzullaev “armiyachilar” sharafini himoya qilayotgan bo‘lsa, Umarali Rahmonaliev va Rustamjon Ashurmatov “Rubin” tarkibida yuqori o‘rinlar uchun kurashmoqda.

Yangi mavsum oldidan Premer-liga debyutanti “Akron” jamoasiga yana bir iqtidorli yosh futbolchimiz qo‘shildi. 21 yoshli markaziy yarim himoyachimiz Sherzod Esanov legioner sifatida tolyattiliklarning asosiy tarkibiga yorib kirmoqda.

Ikki o‘zbek chempioni endi professional boksni “yoradi”!

Hozir dunyoda eng zo‘ri o‘zbek bokschilari, Kuba ikkinchi darajaga tushdi!

Fayzullaev TsSKAdan ketgan futbolchini qo‘llab-quvvatladi!

Shomurodovni maoshiga qaramay olamiz! Evropada qolgan Eldorga yangi variant bor

Fayzullaev qachon gol urishini aytdi

Legionerimiz kutgani bo‘lmadi!

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
16/08/2024 22:18
Бу эски гапку. Ҳеч бир жамоадан таклиф бўлмагач, аввалдан шундай деб юрибдику Аббос. Бу суҳбатни қайси Рус матбуотидан кўчириб ёзганларингни ҳам айтмагансилар. Демак, бу - "фейк".