Legionerimiz kutgani bo‘lmadi!

  • 15 avgust, 2024, 19:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistonning eng iste’dodli futbolchilaridan hisoblangan Umarali Rahmonaliev ham “Rubin” safida yangi mavsumdagi debyutini nishonlab bo‘ldi.

Tecno

Toshkent shahrining “Bunyodkor” jamoasi tarbiyalanuvchisi klublar miqyomidagi faoliyati davomida 2013 yilning yanvaridan beri “Rubin” sharafni himoya qilib kelmoqda.

Qozon shahri klubi yangi mavsumda yuqori o‘rinlar uchun kurashishni maqsad qilgan va bu yo‘lda o‘zbekistonlik ikki legioner – Umarali Rahmonovliev va Rustam Ashurmatov yordamidan foydalanmoqda.

Umarali Rahmonaliev yaqinda Parij shahri mezbonlik qilgan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etib qaytdi. O‘zbekiston U-23 terma jamoasi etakchilaridan biri jurnalistlar bilan suhbatda to‘rtyillikning eng nufuzli sport anjumani haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Parijga borganingiz haqida gapirib bering: sizni jamoadan qo‘yib yuborish qiyin bo‘lmadimi?

— Olimpiya o‘yinlaridan oldin klub va bizning federatsiyamiz o‘zaro muloqot qildi. Klubdagi meni bemalol qo‘yib yuborish tarafdori bo‘lishdi, chunki bunaqa imkoniyat hayotda bir marotaba bo‘lishi mumkin. Hech qanday muammo bo‘lgani yo‘q.

— Bu O‘zbekiston terma jamoasi va xususan, siz uchun ajoyib tajribali bo‘ldi. O‘yinlar davomida nimalar ko‘zga tashlandi?

— Biz musobaqada tashkilotchilaridan ko‘prog‘ini kutgan edik.  Juda ko‘p mamlakatlar vakillariga kelganiga qaramay, tashkil ishlar boshqa katta musobqalarnikidan past darajada bo‘ldi.

Boshqa ishtirokchilar ham tashkilotchilardan ko‘proq narsa kutgan, deb o‘ylayman. Yashash sharoiti juda ham zo‘r bo‘lmadi, lekin talab darajasida edi. Yotoqlar kortondan ji, umuman olganda hamma narsa kartondan yasalgandi. Lekin biz hammasiga ko‘nikib ketdik.

— Boshqa sport turlari bo‘yicha musobaqalarni kuzatish imkoni bo‘ldimi?

— Hech narsani tomosha qilishga ulgurmadik, chunki Olimpiada uzoq vaqt bo‘lganimiz yo‘q. Ko‘proq qolishni istagandik, lekin bunday bo‘lib chiqmadi.

Lekin biz navbatdagi Olimpiya o‘yinlarida qatnashish istagimiz bor va bo‘lajak musobaqaga chiqish imkoniyatimiz borligini endi yaxshi bilamiz.

O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixidagi birinchi Olimpiya o‘yinlarida “S” guruhida ishtirok etib, bo‘lajak chempionlar – Ispaniyaga 1:2,  yarim finalchi Misrga 0:1 hisobida yutqazdi va Dominikan Respublikasi vakillari bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Umarali Rahmonoliev bu bahslarning barchasida maydonga tushdi.

Tezkor: Shomurodovni AQShda kutishyapti, biroq Evropadan yangi xaridor chiqdi!

Husanovning jamoasiga Shomurodovning sherigi keldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!