Hozir dunyoda eng zo‘ri o‘zbek bokschilari, Kuba ikkinchi darajaga tushdi!

  • 17 avgust, 2024, 23:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Parij Olimpiadasining boks musobaqalari o‘zbek maktabi vakillarining yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. Erkaklar o‘rtasidagi etti vazn toifasidan beshtasida oltin medal o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalariga nasib qildi.

O‘zbekiston terma jamoasi bokschilaridan Hasanboy Dusmatov (51 kg), Abdulmalik Xalakov (57 kg), Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev (71 kg), Lazizbek Mullajonov (92 kg) va Bahodir Jalolov (+92 kg) Parijni chempion sifatida tark etdi.

Hasanboy Do‘smatov va Bahodir Jalolov o‘zbek bokschilari orasida ilk bor ikki karra olimpiya chempioni, degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.

Hamyurtlarimizning tarixiy g‘alabasiga Rossiya boksi mutasaddilari, ekspertlari va murabbiylari o‘z munosabatlarini bildirdi.

Eduard Kravtsov, Rossiya boks federatsiyasi murabbiylar kengashi raisi:

— O‘zbekiston terma jamoasiga ofarin!  Bu jamoa haqiqatan ham o‘ta kuchli. Ular 2023 yilda bo‘lgani kabi dunyoda eng zo‘ri ekanliklarini yana bir karra isbotlashdi. Lekin bunda ob’ektiv omillar borligini ham inobatga olish kerak.

 Kuba terma jamoasi qarib qolgan, deyarli barcha bokschilari “pensiya” yoshida. Faqat 63,5 kilogramm vazn toifasidagi 24 yoshli Erislandi Alvares bundan mustasno. Afsuski, qanchalar g‘alati eshitilmasin, bugungi kunda Kuba ikkinchi darajali terma jamoalar qatoriga tushib qolgan. 

Omillar haqida gapirganda Rosiya terma jamoasi yo‘qligini ham aytish kerak. Har qanday  holatda ham bu raqobat. Bizning yigitlar ko‘pgina vazn toifalarida yuqori probali medallarga da’vogarlik qila olardi.

Qozog‘iston terma jamoasi ham jahon bokschida etakchilardan. Ularning aksariyat bokschilari 2:3 hisobida engildi. Bu yigitlar ham yuqori natijaga da’vogarlik qila olardi. Ana shunday ob’ektiv va sub’ektiv omillar bor. Lekin har qanday holatda ham O‘zbekiston terma jamoasini ajoyib ishtirok bilan tabriklashni istayman. Ular jahon boksi tarixiga haqli ravishda kira oldi.

Viktor Faxrutdinov, boks bo‘yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi:

— Ular mashg‘ulotlarda biz bilan birga ham tayyorgarlik ko‘rgan. Juda yaxshi jamoa. Biz ular bilan do‘stona munosabatdamiz. Ular Olimpiya o‘yinlarida zo‘r ishtirok etgani bizga ham yoqimli bo‘ldi.  Tayyorgarlik jarayonida, sparringlarda ularga yordam berish orqali biz ham g‘alabalarga o‘z hissamizni qo‘shgan bo‘lib chiqyapmiz.

Biz Ozarbayjon, Qirg‘izsiton va Rossiyadagi yig‘inlarda birga ishladik.

Olimpiadada ularning terma jamoasi bosh murabbiyi bilan noxush holat yuz berdi va shukrki, unga o‘z vaqtida yordam bera olishdi. Do‘stlarimiz uchun juda xursandmiz va ularni tabriklaymiz.

O‘zbekistonning Olimpiya o‘yinlari tarixida boks bo‘yicha qo‘lga kiritgan sovrinlari 10 ta oltin, 2 ta kumush, 8 ta bronza medalga etdi. Jami 20 ta medalga chiqqan terma jamoamiz umumiy reytingda ettinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Fayzullaev: Kelajagini hamma o‘zi hal qiladi!

Fayzullaev qachon gol urishini aytdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!