Fayzullaev: Mena shunisi muhim, "Zenit" emas!

  • 20 sentabr, 2024, 18:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sport formasini tiklab, yana yuqori darajada o‘ynay boshlagan Abbosbek Fayzullaev Rossiya kubogi guruh bosqichi doirasida peshqadam “Krasnodar” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda ikkita assist qayd etib, TsSKAning 2:0 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

Uchrashuv qahramonlaridan bo‘lgan 20 yoshli hujumkor futbolchimiz rossiyalik jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga Abbosbek Fayzullaevning fikr-mulohazalarini havola etadi.

TsSKAdagi muhit haqida

Abbosbek Fayzullaev TsSKA darvozaboni Ilya Pomazun bilan bog‘liq vaziyat jamoaga qanday ta’sir qilgani haqida gapirdi.

- Pomazun bilan bog‘liq vaziyat bizga qanday ta’sir qildi? Jamoa ichida hammasi yaxshi. Nima bo‘lganini bilmayman. Biz o‘yindan keyin darvozamiz daxlsizligi saqlab qolgan Toropni tabrikladik.

Sports.uz  izohi: Ma’lumki, Ilya Pomazun ashaddiy raqib “Zenit”ga qarshi o‘yin oldidan “Spartak” jamoasiga  o‘tishga tayyorligini aytganidan keyin “armiyachilar” rahbariyati uni jamoa mashg‘ulotlaridan chetlatdi.

Yuqoridan kelayotgan to‘p uchun kurashayotgani haqida

- Xarakterim shunday, har doim kurashganman va keyin ham kurashaman. Yutamanmi yoki yo‘q, buni faqat Xudo biladi.

Kislyakning o‘yini haqida

Matvey Kislyak menga o‘yinchi sifatida ham, oddiy inson sifatida ham yoqadi. “Krasnodar”ga qarshi uchrashuvda o‘yini juda yaxshi chiqdi. Men unga omad va eng yaxshi tilaklarimni tilayman. U juda yuqori darajaga chiqishi mumkin. Shunday bo‘lishiga umid qilaman.

Sports.uz  izohi: Rossiya kubogi guruh bosqisi doirasida Matvey Kislyak Abbosbek Fayzullaevning qulay pasidan keyin “Krasnodar” darvozasini ishg‘ol qildi.

TsSKAning yangi hujumchisi Saul Guarirapa haqida

Guarirapa juda yaxshi hujumchi. U bilan o‘ynash ancha qulay. Saul tezkor va shu bilan birga jismonan baquvvat. Futbolchi sifatida menga yoqdi.

Rossiya kubogi haqida

Biz keyingi bosqichga birinchi o‘rindan chiqmoqchimiz, har bir uchrashuvda g‘alaba qozonishni istaymiz, biroq musobaqa jadvaliga oxirida qaraymiz. Ikkinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga o‘tsak, “Zenit”ga to‘qnash kelishimiz mumkinligi haqida o‘ylaganimiz yo‘q. Chunki guruh bahslari hal yakunlanmadi.

Oldin guruhdan chiqib olaylik, keyin qaysi jamoaga tushishimizni ko‘ramiz. “Zenit”ni muhokama qilishni istamayman, chunki “Krasnodar” bilan o‘ynadik, menga shunisi muhim, “Zenit” emas.

Sports.uz izohi: Rossiya kubogi guruh bosqichida TsSKA o‘z kvartetida “Krasnodar”dan bir ochko kam jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda. “Armiyachilar” musobqa doirasida yana ikkita uchrashuv o‘tkazadi. Raqiblar “Nijniy Novgorod” va “Axmat” jamoalari bo‘ladi. 

Fayzullaev muxlislariga yaxshi xabar!

Husanovga qaerda o‘ynashni aytishdi!

Futbolchilar qayta baholanadi: Shomurodovning yangi ustozi jamoani o‘zgartira boshladi!

Supero‘yin ko‘rsatgan Fayzullaev qanday baholandi, Abbos g‘alabadan keyin nimalar dedi?

Fayzullaev jamoaga g‘alaba keltirish qanday bo‘lishini ko‘rsatib qo‘ydi!

Mashhur murabbiy Shomurodovga emas, Ronalduga ustozlik qiladigan bo‘ldi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!