Fayzullaev xavotirga sola boshladi...

  • 16 sentabr, 2024, 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer-ligasining sakkizinchi turida Abbosbek Fayzullaev o‘ynayotgan TsSKA jamoasi o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida amaldagi chempion “Zenit”dan kichik hisobda mag‘lubiyatga uchradi. Piterliklarga g‘alaba keltirgan yagona gol muallifi argentinalik Lusiano Gondu bo‘ldi.

Tecno

Yangi mavsumda chempionlik uchun kurashishi kutilgan “armiyachilar” dastlabki sakkiz uchrashuvdan to‘rttasida ochko yo‘qotdi. Yuqori o‘rinlar uchun kurashdagi asosiy raqibatchilari hisoblangan “Krasnodar”, “Lokomotiv” va “Zenit”ga uchtadan ochkoni tortiq qilib yubordi.

“Rostov” moskvaliklardan bir ochko tortib oldi.

Katta umidlar bilan bosh murabbiylikka olib kelingan serbiyalik Marko Nikolich shogirdlarini faqat o‘rtamiyona yoki autsayder jamoalar bilan o‘yinlarda g‘alabaga ilhomlantira oldi xolos.

“Armiyachilar”ning chempionatdagi to‘rtta g‘alabasi ham saviya jihatidan zaifroq baholanadigan “Orenburg”, “Nijniy Novgorod”, “Akron” va “Ximki” bilan o‘zaro bahslarda qo‘lga kiritdi.

 Abbosbek Fayzullaevning o‘tgan mavsumda TsSKAning hujum chizig‘ini o‘ziga bog‘lab olgani joriy chempionatda legionerimizning tanqid qilinishiga sabab bo‘lmoqda. Debyut mavsumidayoq ajoyib assistlari va muhim gollari bilan e’tibor qozongan 20 yoshli hujumkor futbolchimizning barqarorlikdan uzoqlashdi.

- Abbosbek Fayzullaevga savollar tug‘ilyapti. Unga nima bo‘ldi? O‘zbek legioneri yana samarali harakatlarni amalga oshira olgani yo‘q. Bu hammani xavotirga sola boshladi.

Agar o‘tgan mavsum bilan solishtirsak, pasayish yoqqol namoyon bo‘ladi: chempionat boshlanganidan beri atigi bitta golli pas, goldan esa darak yo‘q.

Abbosbekni endi TsSKAning etakchisi, deb bo‘lmaydi. Nahotki, Evropaga ketish istagi shu darajada kuchlilik qilib, o‘ynash ishtiyoqini yo‘qotib qo‘ygan bo‘lsa?, - deb yozmoqda football24.ru sayti eksperti Yuriy Afanasev TsSKAning “Zenit” bilan bo‘lgan o‘yiniga bag‘ishlangan tahliliy sharhida.

Abbosbek Fayzullaevning hozirgi holatiga turli baho berilmoqda. Legionerimizga ishonch bildirayotgan mutaxassislar ham bor. Xususan, TsSKA va “Barselona”ning sobiq futbolchisi Igor Korneev o‘zbek futbolchisining o‘yinida pasayish bo‘layotgani haqidagi fikrlarga qo‘shilmadi.

- Abbosbek Fayzullaev har doim o‘z darajasini ushlab turadi. Agar uning o‘yiniga sinchiklab nazar solsangiz, juda ko‘p funktsiyalarni bajarayotgani ma’lum bo‘ladi. Shaxsan menga Abbosbek tavakkal qilishdan qo‘rqmasligi yoqadi, - dedi Igor Korneev.

Ta’kidlash joizki, TsSKA murabbiylari va muxlislari Abbosbek Fayzullaevning har bir o‘yinda raqib darvozasiga xavf solishiga ko‘nikib qolishgan. Haqiqatan ham “armiyachilar”ning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan hamyurtimizning o‘yiniga bog‘liq.

Fayzullaev tez orada yana maydondagi etakchilik rolini qaytarib olishiga umid qilamiz. TsSKA Premer-ligadagi keyingi uchrashuvini 21 sentyabr kuni “Rubin”ga qarshi o‘tkazadi.  

Legionerimizning yangi jamoasi “Chelsi”ni ortda qoldirdi

Raqibda bunaqa talantlar yo‘q! O‘zbekiston, Shomurodov va O‘runovga qanday baho berishdi?

Evropani zabt etishga ketgan o‘zbek futbolchisi haqida ma’lumotlar

Shomurodov “DiSu”ga qarshi!

Shomurodovga Evropada yana imkoniyat berishga qaror qilishdi!

Evropadagi legionerimiz g‘alabaga tayyorlanyapti (foto)

Legionerimiz Premer-ligada to‘purar bo‘lishiga ishonishmayapti!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
expert Umid-informatik
15/09/2024 21:35
Юлдузлик касалидан холи қилинг ун
и