
Fayzullaev xavotirga solmoqda
Abbos Fayzullaev ko‘rsatayotgan o‘yin xursand qilish bilan birgalikda, tobora xavotirga ham solmoqda. Bir boshidan tushuntiraman.
Alan Zagoev ko‘pchilikni yodida bo‘lsa kerak. Vunderkind futbolchi sifatida "yorib chiqqan", ammo TOP klublarga o‘tishni paysalga solgani uchun Rossiyada qolib ketgan edi. Yaqinda, uni Abbos xaqida bildirgan fikriga ko‘zim tushib qoldi. Shu yilni avgust oyidagi intervyudan parcha:
"Abbos Evropa TOP klublariga yo‘l olsa xayron bo‘lmayman. Xa, bu "Barselona" bo‘lmasligi mumkin, ammo kamida "Real Sosedad" darajasidagi jamoa bo‘lishi aniq. U shu tempda o‘ynasa, bir ikki yilda TsSKAdan ketishi aniq".
TsSKA "Zenit" va "Spartak"dan etakchilarini juda ham ardoqlashi bilan keskin farq qiladi. Zagoev, Akinfeev, aka-uka Berezutskiylar va boshqa o‘nlab nomlarni keltirish mumkin. "Xarbiylar" falsafasi xam o‘zgacharoq. Bugun Fayzullaev ancha tanaffusdan so‘ng davraga "tulporlar" qaxramoni sifatida kirib keldi va bu plankani maxkam ushlab kelmoqda. TsSKAning o‘z etakchilarini deyarli transferga qo‘ymasligi va RPLdagi ijrochilar tanqisligi fonida Abbosni 10-15 million evroga qo‘yib yuborishi xaqiqatdan yiroq.
Fayzullaevni TsSKA bilan kontrakti 2026 yilning 30 iyun sanasigacha amalda bo‘ladi. Demak, "Naruto" kuchliroq chempionatga yo‘l olishini 3 ta varianti bor:
1.Uning transferi uchun 15-20-30 million atrofida taklif etidagan jamoa chiqsa;
2. Kelasi mavsum shartnomani uzaytirishdan bosh tortsa, klub 5-6 million evaziga qo‘yib yuborishga majbur bo‘lishi mumkin;
3. Kontraktni uzaytirmay, oxirigacha o‘ynab berish va erkin agent sifatida kattaroq jamoaga yo‘l olish
Abbosni oldindagi ikki yil davomida qabul qiladigan qarorlari strategik jixatdan kelajagiga ta’sir qiladi.
Menimcha, eng zo‘r variant bu Moskva klubi bilan shartnomani uzaytimasdan, 2025-yil yozida kuchliroq chempionatga yo‘l olish. Ovro‘pada, "yosh iqtidorli" degan unvon 18 yoshdan kattalarga qo‘llanilmaydi.
Fikrlar