Fayzullaevga Aziz G‘anievning ustozi murabbiylik qilishi kutilmoqda

  • 1 iyun, 2024, 05:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

TsSKA Rossiya chempionatini oltinchi o‘rinda yakunlaganidan keyin bosh murabbiy Vladimir Fedotovning masalasi ko‘rilishi haqida ma’lumotlar chiqa boshladi.

Tecno

Nufuzli manbalardan biri  championat.com saytining yozishicha, shu kunlarda klub rahbariyati Vladimir Fedotov bilan uchrashuv o‘tkazadi. Ana shu suhbatda murabbiyning kelajagiga oydinlik kiritiladi.

TsSKA mutasaddilari bosh murabbiy iste’foga chiqariladigan bo‘lsa, uning o‘rnini egallaydigan mutaxassis bilan kelishib qo‘ydi.

- Moskva klubi Marko Nikolichga aniq taklif bilan chiqdi. U bilan shartnoma Vladimir Fedotov ishdan olingan taqdirda imzolanadi, - deb yozdi championat.com sayti.

Vladimir Fedotov “armiyachilar”ni 2022 yildan beri boshqarib kelayotgan edi.  Uning yana bir yillik shartnomasi bor.

Serbiyalik Marko Nikolich 2020-2021 yillar davomida Moskvaning “Lokomotiv” jamoasini boshqargan. 44 yoshli mutaxassis ayni paytda Birlashgan Arab Amirliklarining “Shabab Al-Ahli” jamoasida faoliyat o‘rsatmoqda.

Dubay jamoasi o‘zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish. Bu klubda Aziz G‘aniev to‘rt yarim yildan beri to‘p tepadi. Endi uning ustozi TsSKAdagi legionerimiz Abbosbek Fayzullaevga murabbiylik qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!