Felishga APLning 4ta grand klubi qiziqyapti

  • 11 dekabr, 2021, 14:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko" hujumchisi Joau Felish jamoasini o‘zgartirish mumkin. 

Tecno

"Cadena Ser" nashrining xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi xizmatiga "Liverpul", "Arsenal", "Nyukasl" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirmoqda. "Transfermarkt" portali 22 yoshli forvardni 70 million evroga baholamoqda. 

Hujumchi joriy mavsum madridliklar safida 8ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z nomiga bitta gol va assist yozdirib qo‘ygan. Uning "matraschilar" bilan amaldagi kelishuvi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!