Felishning qancha muddatga diskvalifikatsiya qilingani ma’lum!

  • 21 sentabr, 2021, 19:34
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liga tartib-intizom qo‘mitasi «Atletiko» hujumchisi Joau Felish to‘g‘risida yakuniy qarorni chiqardi.

Tecno

Xabaringiz bor, portugal «Atletik»ga qarshi bahsda ikkita sariq kartochka olib, maydonni erta tark etgandi. Ularning birinchisi qo‘polligi uchun, ikkinchisi esa bosh hakam Xesus Gil Mansanoga aytilgan "Sen aqldan ozding" degan so‘zlardan keyin vujudga kelgan.

Shundan so‘ng Joauning ikki o‘yinga chetlatilgani ma’lum bo‘ldi. Endi u yaqin oradagi 7 «Xetafe» va «Alaves»ga qarshi bahslarda maydonga tusha olmaydi.

Felish 2 oktyabr kuni "Barselona" bilan bellashuvga qaytishi kutilyapti. Eslatib o‘tamiz, futbolchi joriy mavsum "matraschilar" safida 2 ta o‘yinda maydonga tushib, gol ura olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!