
Ferdinand: ”Bunday futbolchilarni MYudan haydash kerak”
Angliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted” sobiq himoyachisi Rio Ferdinand “qizil iblislar”ni yaqinda tark etgan sport direktor Den Eshuort bo‘shatilganiga o‘z fikrini bildirdi.
“Umid qilamanki, klub jamoadagi futbolchilarga ham shunday berahmlik qiladi. Agar, MYuda yomon o‘yinchilar bor bo‘lsa, ularni tezroq haydash kerak. Hozir “qizil iblislar” atrofida juda ko‘p tanqidlar aylanmoqda”,-dedi Ferdinand Goal.com portaliga.
APLning 15 ta turidan so‘ng machesterliklar 19 ochko to‘plab, turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turishibdi.
Fikrlar