Fergyuson: Xabib jang qilsin yoki kamarni UFCga qaytarib bersin
UFC vaqtinchalik chempionlik kamari sobiq sohibi Toni Fergyuson promoushen prezidenti Dana Uaytga jang qilishni xohlayotganligi aytib o‘tdi.
- Xabibga qarshi jang qilishga tayyorman! Nurmagomedov kamarini himoya qilsin yoki uni promoushenga qaytarsin, - deb yozib qoldirdi Fergyuson tvitterdagi sahifasida. Ilgariroq, Uayt Fergyuson shaxsiy muammolari tufayli jang qilolmasligini aytib o‘tgandi.
Eslatib o‘tamiz, Fergyuson UFC 236da Maks Xolloueyga qarshi vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang qilish imkoniyatidan voz kechgandi.

Fikrlar