Fernandesh Saudiya klublaridan bo‘lgan ulkan takliflarni rad etgani haqida gapirdi

  • 25 oktabr, 14:32
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Saudiya Arabistoni klublaridan unga jiddiy qiziqish bo‘lganini ma’lum qildi.

Tecno

“Moliyaviy jihatdan juda foydalari takliflar bor edi. "Al-Hilol"hamda boshqa Saudiya va Evropa klublari men bilan bog‘landi. Ammo javobim qat’iy edi —"yo‘q".

“Men murabbiy Ruben Amorim bilan suhbatlashdim. U menga: "Sen hali ham jamoa loyihasining muhim qismisan’', dedi. Klub ham shunday fikr bildirdi. Men esa doimo aytganman — agar klub menga: ‘'Brunu, biz seni sotmoqchimiz, endi 30 yoshdasan’', dese, men buni to‘g‘ri qabul qilgan bo‘lardim va oilam uchun eng to‘g‘ri qarorni tanlagan bo‘lardim. Shunda, albatta, ketgan bo‘lardim. Ammo bu safar unday bo‘lmadi. Men hali ham jamoaning rejalarida borligimni, klubga maqsadlariga erishishda yordam bera olishimni his qildim. Shu sababli qolishga qaror qildim.”

Fernandesh, shuningdek, “Manchester Yunayted” tarixidagi so‘nggi yirik transferlar haqida ham fikr bildirdi:

“Klubning eng so‘nggi katta transferi, ehtimol, Deniel Jeyms uchun 25 million funt bo‘lgan yoki  Maktominey biroz ko‘proq summaga ketgandir. Ammo "Al-Hilol" men uchun 80–100 million funt to‘lashga tayyor edi!”

“Amorim menga shunday dedi: ‘'Biz seni qo‘yib yubormoqchi emasmiz. Agar yangi futbolchilarni olib kelsak ham, seni yo‘qotsak, baribir jamoa kuchsizlanadi. Biz seni saqlab qolmoqchimiz.’'

Futbolchi oilasi bilan bo‘lgan suhbatni ham eslab o‘tdi:

“Xotinim mendan so‘radi: ‘Klub bilan o‘zing xohlagan narsalarga erishdingmi?’ U biladi — men hali orzularimga to‘liq erishganim yo‘q. Oldimga qo‘ygan maqsadlarim hali amalga oshgani yo‘q. Mening maqsadim aniq: ‘Manchester Yunayted’ bilan Angliya Premer-ligasi va Chempionlar ligasini yutmoq,” — dedi portugaliyalik yulduz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
25/10/2025 16:38
Бруно эриша олади, лекин мю билан эмас ва аморим билан хам эмас!!!