Ferran Torres masalasini Flik shaxsan hal qiladigan bo‘ldi

  • 05.08.2026 11:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» tarkibidan Ferran Torresning ketishi ehtimoli Ispaniya futbolida eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biri bo‘lib turibdi.

Hujumchining amaldagi shartnomasi kelasi yil yozida yakunlanadi. Shu bois klub yangi bitim shartlari bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, uni sotish masalasini ko‘tarishi mumkin. El Larguero nashri ma’lumoticha, bosh murabbiy Hans-Diter Flik futbolchi jamoa bilan mashg‘ulotlarga qaytgani zahoti uning kelajagi haqida shaxsan suhbatlashishni rejalashtirgan.

«Barselona» rahbariyati ham vaziyatni aniqlashtirish tarafdori. Kataloniya klubi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor, ammo bu faqat Ferranning o‘zi ketish istagini bildirsa, amalga oshadi.

PSJ klubi qiziqayapti, degan xabarlarga qaramay, hozircha tomonlar o‘rtasida aniq muzokaralar boshlanmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!